Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#162_ta_qonun 📌 Ravot mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov va tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Ravot mahallasidagi oilaviy poliklinikada manzilli o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida poliklinikaning qabul bo‘limi faoliyati, fuqarolarni ro‘yxatga olish va qabul qilish tartibi, elektron axborot tizimlaridan foydalanish holati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

📍 Aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda fuqarolarning murojaatlariga yechim topish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 2