Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#kengash_raisi #24_ta_masala 📌 Mahallaga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov o‘z saylov okrugi hududidagi Qayirma mahallasida mahallaga biriktirilgan soliq inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash ko‘rsatkichlari, soliq qarzdorligining yuzaga kelish sabablari hamda soliq to‘lovchilar bilan olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash madaniyatini shakllantirish, mavjud qarzdorliklarni qisqartirish hamda mahalla hududida soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda soliqlarni o‘z muddatida to‘lashning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mahallada soliq intizomini mustahkamlash va tushumlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4