Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalla tadbirkorlaridan bolajonlarga munosib sovg‘a.

 Mazkur tashabbus yosh avlodning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida amalga oshirildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bu borada mahalla, ta’lim muassasalari va tadbirkorlar hamkorligining muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda yoshlarning bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, bunday ezgu tashabbuslar esa ushbu maqsadlarga xizmat qilishi qayd etildi.

Mahalla tadbirkorlari tomonidan ko‘rsatilgan ushbu amaliy ko‘mak nafaqat bolajonlarga quvonch ulashdi, balki ijtimoiy mas’uliyat, saxovat va hamjihatlikning yorqin namunasi sifatida e’tirof etildi.

Tadbir ishtirokchilari yosh avlod kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga yuqori baho berib, bunday tashabbuslar kelgusida ham davom etishiga ishonch bildirdilar.

Basseyn o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida sog‘lom hordiq chiqarishi, sport bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

Farzandlarimiz uchun yaratilayotgan har bir imkoniyat — kelajagimiz uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir!

Slide 1 of 3