Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doʻstlik mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

 Shahar rahbari mahalla ichki yoʻllarini yangidan asfaltlash jarayonlarini koʻzdan kechirib, olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilish meʼyorlariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida eʼtibor qaratdi.

Oʻrganish davomida yoʻl infratuzilmasini yanada yaxshilash, piyodalar uchun qulayliklar yaratish, hududning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada yashovchi fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda infratuzilma obyektlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Doʻstlik mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hudud qiyofasini yanada obod etish, aholi turmush farovonligini oshirish va qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Mahallalarni obodonlashtirish va infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2