Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#DEPUTATLIK_NAZORATI

Bektepa mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev tumandagi “Bektepa” mahallasiga tashrif buyurib huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, deputatlik nazorati tadbiri doirasida mahalliy Kengash deputati faoliyatining 21-yo‘nalishi bo‘yicha hududdagi kriminogen vaziyat ham tahlil qilindi. Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1