Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#deputat_sorovi #136_ds_369_26 📌 Maktab o‘quvchilari xavfsizligi masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurali Kuvandikovich Kiyamov tomonidan Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i N. Ibragimovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Xonaqa mahallasida joylashgan 42-son umumta’lim maktabi yonidagi chorrahada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarildi.

Fuqarolar hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, buning natijasida transport vositalari harakati jadallashishi kutilayotgani hamda maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.

📋 Deputat so‘rovida:
✅ maktab yonidagi chorrahada yo‘l chiziqlarini chizish;
✅ piyodalar o‘tish joylarini belgilash;
✅ sun’iy notekisliklar (tezlikni cheklovchi vositalar) o‘rnatish;
✅ yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.

🚸 Ta’lim muassasalari atrofida bolalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish deputat so‘rovining asosiy maqsadi hisoblanadi.

📍 Mazkur masala yuzasidan ko‘riladigan choralar va amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1