Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#162_ta_qonun 📌 Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Safarova Gulmira Karimovnaga O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–336, 2012-yil 24-sentabr) ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifasi biriktirilgan.

Mazkur qonun xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlash, mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, mulkdan erkin foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur huquqiy kafolatlarni yaratishga qaratilgan.

📝 Deputat tomonidan qonun va ushbu sohaga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi. Shuningdek, Kengashga hisobdor tashkilotlar faoliyatida qonunchilik talablarining amalda qo‘llanilishi tahlil qilinib, deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

🔍 Qonun ijrosi doirasida mulkdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash hamda sohaga oid davlat dasturlari va qarorlarining ijrosi yuzasidan o‘rganishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

✅ Xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan samarali nazorat o‘rnatilishi fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mulk huquqining daxlsizligini mustahkamlash hamda hududda qulay investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1