Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida to‘garaklar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan Qo‘qon shahar 12-umumta’lim maktabi hamda Pedagogika texnikumida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishilib, o‘quvchilarning ushbu mashg‘ulotlardagi ishtiroki tahlil qilindi.

Xususan, sport to‘garaklari orqali yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklarda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajakdagi kasb tanloviga ko‘maklashish hamda ularni zamonaviy kasblarga qiziqtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan yozgi ta’til davrida yoshlarni turli to‘garaklarga keng jalb etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish yakunida o‘quvchilarning sport, kasb-hunar va ijodiy yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlarga qamrovini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5