Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert maslahat guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i F.Rahimjonov tomonidan hisobot taqdim etildi. Jumladan, shaharda yoshlar muammolarini tizimli hal etish va ularning bandligini ta’minlash borasida 2026-yil may oyida o‘tkazilgan hokim va yoshlar uchrashuvlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda 2026-yil iyun oyi davomida o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlari, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan forumlar, festivallar, madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar hamda 25-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan yakuniy gala-konsertni yuqori saviyada tashkil etish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8