Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.Nazorat tadbiri doirasida Parkent tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturining ijrosi o‘rganildi. Jumladan, maktab qoshida faoliyat yuritayotgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga xizmat qilayotgan fan, sport va qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi,
sanitariya-gigiyena holati, xususan, hojatxonalar va sport maydonlarining holati ham atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi holatlar navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinishi hamda mas’ul rahbarlarga deputatlik nazorati tartibida tegishli savollar kiritilishi
belgilandi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5