Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DAMARIQ MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 DAMARIQ MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov Kengash huzuridagi ekspert
guruhi a’zolari ishtirokida Damariq mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla
yettiligi”, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari bilan
uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini
olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi masalalari
muhokama qilindi.


Shuningdek, uchrashuvda mahalla faollari va nuroniylarning jamiyatda
tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va ahillik muhitini
mustahkamlash borasidagi o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.


Nuroniylarning hayotiy tajribasi va maslahatlaridan samarali foydalanish,
mahalla faollarining tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik
nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
  

Slide 1 of 2