Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun ijrosi o‘rganildi

 Qonun ijrosi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Ibragimova tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi “Xususiy mulkni himoya
qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-336-son Qonuni
ijrosining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida tumanda xususiy mulk daxlsizligini
ta’minlash, mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish,
tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda
qonun talablarining amaliy ijrosi tahlil qilindi.
 

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz
rahnamoligida xususiy mulkni himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
va bozor iqtisodiyoti tamoyillarini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois mulkdorlarning huquqlarini
ishonchli kafolatlash, ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini
olish hamda investitsion muhit jozibadorligini oshirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar
yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun ijrosini yanada
samarali ta’minlash hamda xususiy mulk va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy
himoyasini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Bu boradagi
ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.