Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅Shu munosabat bilan deputat tumandagi Jom mahallasi, Dukur qishlog‘ida joylashgan 14-sonli Oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasaning bugungi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.

✔️O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari, dori-darmonlar ta’minoti, tibbiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy asbob-uskunalarning holati va aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish darajasi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

➡️Shuningdek, tibbiyot muassasasida mavjud ayrim muammolar, jumladan, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

➡️Deputat tomonidan o‘rganish yakunlari yuzasidan aniqlangan masalalarni tegishli tartibda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

➡️Mazkur o‘rganishlar aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, birlamchi tibbiy bo‘g‘in faoliyati samaradorligini oshirish va hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2