35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov tomonidan Samandarak mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida jamg‘armalar hisobidan mahallaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqarolar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

🏗 Shuningdek, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan Samandarak mahalla fuqarolar yig‘iniga ajratilgan 207 mln 540 ming so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi o‘rganildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan mahalla binosi hamda unga tutash kutubxona va xizmat ko‘rsatish obyektlari oldidagi 100 kvadrat metr bo‘sh maydonni asfaltlash, shuningdek, mahalla hududidagi piyodalar yo‘lagi chetiga temir to‘siqlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

✅ O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8