35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari Ekologik partiyasi a’zosi M.Xoliqova, N.Uralova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda shahar Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-ijrosi o‘rganildi. O‘rganish shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ayollar maslahatxonasi bo‘limida bosh shifokor muovini N.Atadjanova bilan birgalikda amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida fuqarolarda sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, erkaklar va ayollarning o‘z reproduktiv huquqlarini amalga oshirishida ularning imkoniyatlari tengligini ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida fuqarolarning tibbiy bilimlarini va tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalasi ham dolzarb ekanligi qayd etildi. Bundan tashqari shifokorlar yetishmasligi, ishlayotgan vrachlarni ham yoshi ulug‘ligi, yosh vrachlarga ehtiyoj yuqoriligi ishlarni to‘lqonli olib borilishida salbiy ta’sirlar ko‘rsatmoqda. Har haftada 24 nafar ayollardan olingan analizlar Chirchiq shahriga labaratoriya tekshiruviga yuborish jarayonida maxsus transport ajratilishida ham muammolar mavjud. Internet aloqasi yaxshi emasligi bois aholiga xizmat ko‘rsatilishida muammolarga duch kelinmoqda. Shuningdek, bino ichidagi elektr kabellari mavjud quvvati
pastligi tibbiy uskuna va apparatlarni uzluksiz ishlashida uzulishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan doimiy komissiyada atroflicha muhokama etish va tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.