35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi

#24tavsiya

Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi “Ma’rifat” mahallasida hokim yordamchisi hamda mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82, PF–163, PF–209 va PF–258-sonli Farmonlari, PQ–267-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 35, 312 va 313-sonli qarorlari ijrosi holati yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini manzilli hal etish va mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan joylarda qonunosti hujjatlari ijrosini nazorat qilish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2