Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA.

DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati Sidiqova Marxabo Ergashevna o‘z saylov okrugidagi aholi bilan xonadonbay uchrashuvlar o‘tkazib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida Miyonqol ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

O‘rganish jarayonida:
🔹 mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati;
🔹 ko‘chalarda tungi yoritish tizimini yaxshilash;
🔹 infratuzilmani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan joylarda xonadonbay o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda. Mahalliy Kengashning asosiy maqsadi — aholi muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini ta'minlash hamda saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish — deputatlik faoliyatining ustuvor mezonidir!

Slide 1 of 5