Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MAHALLADAGI FAOLIYAT SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

MAHALLADAGI FAOLIYAT SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati N.Xakimov tomonidan “G‘arb machit” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish borasidagi faoliyat holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla raisi faoliyati, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etish va aholi bilan muloqot tizimi yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.

Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nazorat va o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Mahalla taraqqiyoti va aholi farovonligi — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 6