Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida

Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M. Sayfiddinova, Toyloq tumani Kengashi deputati N. Akramova hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari tomonidan “Ilmobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✍️O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-392-sonli qarori asosida hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli infratuzilma, obodonlashtirish hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahalladagi “O‘rmon xo‘jaligi” faoliyati, hududda olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarining holati ham ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganishlardan asosiy maqsad — mahalladagi ichki yo‘llar, infratuzilma obyektlari va obodonlashtirish ishlarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, aholi uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

🔘 Hududlarni obod qilish, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalar ijrosini nazorat qilish va mavjud masalalarni joyida o‘rganish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5