Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlar qurilish jarayonlari bilan tanishdilar

Deputatlar qurilish jarayonlari bilan tanishdilar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N.Alimovlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qiziriq tumani bo‘limi davlat muassasasida bo‘lib, ma’muriy bino, bakteriologiya, parazitologiya hamda sanitariya-gigiyena laboratoriyalari va yordamchi binolar qurilishi jarayoni bilan tanishdilar.

Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning loyiha asosida amalga oshirilishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mazkur laboratoriyalar ishga tushirilgach, aholiga ko‘rsatiladigan sanitariya-epidemiologik xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, kasalliklarning oldini olish hamda jamoat salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mos bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7