Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Bog‘chalarda yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari diqqat markazida

Bog‘chalarda yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari diqqat markazida

♾Bolajonlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, maroqli va eng muhimi, sog‘lom o‘tkazishini ta’minlash ta’lim-tarbiya tizimining ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M. Sayfiddinova, Toyloq tuman Kengashi deputati N. Akramova hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari tomonidan “Ilmobod” mahallasida joylashgan 1-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida bog‘chada bolalar uchun tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlari, ularning ochiq havoda mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, deputatlar muassasa tarbiyachilari va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, yozning issiq kunlarida bolajonlarning salomatligini asrash, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish va kun rejimini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.

📌 O‘rganish yakunida bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
👧👦 Bolajonlarning sog‘lom ulg‘ayishi, ularning har tomonlama rivojlanishi va mazmunli hordiq chiqarishi doimo deputatlar e’tiborida.

Slide 1 of 5