Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
“Nafosat” bolalar oromgohida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi deputatlari tomonidan “Nafosat” bolalar oromgohida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputatlar oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi, sog‘lomlashtirilishi va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, yotoqxona binolari, oshxona va ovqatlanish sharoitlari, sport maydonchalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yozgi mavsum davomida bolalarning sport, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarga keng jalb etilishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Deputatlar tomonidan oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish hamda dam olish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4