Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq bilan samimiy muloqot: "Pattakesar" mahallasida islohotlar targ‘iboti va aholi murojaatlari muhokama qilindi

Mas’ullar tashrif davomida mahalla faollari nuroniylar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.

💬Yig‘ilishda deputatlar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan yangi farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

💬Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan ishlar va deputatlik nazorati natijalari muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llar va ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik holat va obodonlashtirish ishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.

💬 Muloqot davomida mahalla faollari va nuroniylar hududni yanada obod va farovon qilish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Deputatlar esa ushbu takliflarni umumlashtirib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini yanada oshirish belgilab olinganini ta'kidlashdi.

Slide 1 of 3