Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Alisher Navoiy istirohat bog‘idagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilinmoqda.

 Alisher Navoiy istirohat bog‘idagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilinmoqda.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganilib, nazorat qilindi.

Mazkur loyiha doirasida istirohat bog‘ini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, fuqarolar uchun qulay dam olish maskanini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsad qilingan.

Umumiy qiymati 7 milliard so‘mni tashkil etuvchi qurilish ishlari asosan bog‘ hududidagi piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish, zamonaviy landshaft yechimlari asosida obodonlashtirish hamda “Yashil makon” tamoyillari asosida yangi yashil hududlarni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda qurilish ishlari belgilangan reja asosida jadallik bilan olib borilmoqda. Mutasaddilar tomonidan ma’lum qilinishicha, loyiha doirasidagi bunyodkorlik ishlari joriy yilning avgust oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar shaharda ekologik muhitni yaxshilash, aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanlarini yaratish hamda hududning yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8