Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala deputat okrugida o'rganildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala deputat okrugida o'rganildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari Q. Yarashev, Z. Jabborova hamda Bolalar ombudsmanining viloyat mintaqaviy vakili X. Raxmonov Toyloq tumanida bola huquqlarini ta'minlash borasidagi qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganishdilar.

​✍️Ishchi guruh aʼzolari bola huquqlarini taʼminlash borasidagi ahvolni tahlil qilish maqsadida tumandagi ikkita muhim muassasada boʻlishdi:

🔘​Tuman sogʻliqni saqlash boʻlimida: Voyaga yetmaganlar oʻrtasida tibbiy koʻrik, nazorat va sogʻlomlashtirish ishlari, shuningdek, bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish tizimining holati;

​🔘Tuman ichki ishlar boʻlimida: Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj oilalar farzandlari bilan ishlash hamda masʼul idoralararo hamkorlik darajasi koʻrib chiqildi.

✅​Oʻrganish davomida sohadagi yutuqlar bilan birga, ichki ishlar bo‘limi va sogʻliqni saqlash tizimi oʻrtasida manzilli maʼlumot almashinuvini kuchaytirish hamda xavf guruhidagi voyaga yetmaganlarning aniq hisob-kitobini yuritish boʻyicha mavjud muammolar tahlil qilindi.

📌​Yakunda sohada olib borilayotgan ishlar a'lohida e'tirof etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3