Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy obyektlarda e’tibor va nazorat samara bermoqda

Ijtimoiy obyektlarda e’tibor va nazorat samara bermoqda

📌2025-yil yanvar oyida Past Darg‘om tumanidagi “Al Beruniy” oilaviy shifokorlik punktida deputatlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida muassasa binosining eskirgani va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermasligi aniqlangan edi.

✍️Mazkur muammo xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda partiya vakillari tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritildi.

✅Natijada bugungi kunda obyektda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida qariyb 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga mavjud bino to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy oilaviy poliklinikaga aylantirilmoqda.

♾ Yangi tibbiyot muassasasi 8,5 mingdan ortiq aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Ushbu loyiha bilan viloyat Kengashi deputati Gulbeka Kuchkarova qurilish ishlari bilan tanishib, ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratdi.

📌 Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, obyektni joriy yilning 15-iyuliga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bu loyiha — jamoatchilik nazorati, deputatlik nazorati va fuqarolar manfaatlariga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir yorqin natijasidir.

Slide 1 of 6