Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MUAMMO JOYIGA BORIB O‘RGANILDI VA AMALIY CHORALAR BOSHLANDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva, Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov hamda shahar Kengashi deputati A.Appaqov ishtirokida Andijon shahridagi “Z.M. Bobur” MFY hududiga aholi va mahalla raisi tomonidan kelib tushgan murojaat asosida tashrif buyurildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammo — Tor Baytoq ko‘chasida oqava suv (kanalizatsiya) tarmog‘ining mavjud emasligi ekani aniqlandi. Mazkur holat hudud aholisi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya-gigiyena sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgani ta’kidlandi.

Masala joyida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida batafsil o‘rganilib, muammoni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Xususan, ushbu hududga oqava suv tarmog‘ini tortish loyihasini amalga oshirish uchun zarur texnik-iqtisodiy hujjatlarni shakllantirish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga aloqa xatlari va deputatlik so‘rovlari yuborilmoqda.

Shuningdek, masalaning ijobiy yechim topishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilib, qisqa muddatlarda amaliy natijaga erishish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi. Aholining yashash sharoitini yaxshilash, ularning dolzarb muammolarini o‘z vaqtida hal etish — doimiy e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3