Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Oqdaryo tumanida aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi

 Oqdaryo tumanida aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va
inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oqdaryo tumanida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidan M.Begimqulov va M.Tursunov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, Adliya bo‘limining mas’ul xodimi, “Madad” NNT rahbari, tuman Qurilish bo‘limi mas’ul xodimi hamda tuman Kadastr palatasi xodimi ishtirok etdi.

🔹 Ishchi guruh tomonidan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, mavjud holatlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi hamda tegishli tavsiyalar bildirildi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar fuqarolarning yer va mulk huquqlarini qonuniy asosda rasmiylashtirish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda qaror ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4