Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining VII chaqiriq navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

Sana: 2026-yil 7-may
Vaqt: 15:00
Joy: Andijon shahar Kengashi majlislar zali

Mazkur sessiya O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq chaqirilmoqda hamda unda shahar hayoti uchun muhim bo‘lgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Sessiya kun tartibida:
— Andijon shahrida kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish va uning omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
— Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi holati;
— Mahallalar faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish va jamg‘arma mablag‘lari ijrosi;
— Prezident farmon va qarorlarining joylardagi ijrosi;
— Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi;
— Mahalliy byudjet ijrosi va mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
— “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari;
— Yoshlar masalalari va boshqa muhim yo‘nalishlar.

Sessiyada tegishli tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglanadi hamda shahar rivoji uchun muhim qarorlar qabul qilinadi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik vakillari sessiyada ishtirok etishga taklif etiladi.

Slide 1 of 2