Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy infratuzilma loyihalari deputat nazoratida

Ijtimoiy infratuzilma loyihalari deputat nazoratida

⚡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Anvar Norboyev Kattaqo‘rg‘on tumani Olmazor mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

🔘Mazkur hududda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

➡️Jumladan, mahalladagi 106-sonli, 120 o‘rinli umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 120 o‘rinli yangi bino qurilmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi suv tarmoqlari tortilmoqda, ichki ko‘chalar ta’mirlanib, hudud infratuzilmasi yaxshilanmoqda. Elektr ta’minotini barqarorlashtirish uchun esa yangi transformatorlar o‘rnatish ishlari ham rejalashtirilgan.

➡️Deputat obyektlarda bo‘lib, ta’mirlash jarayonida foydalanilayotgan qurilish materiallarini ham ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlari belgilangan reja asosida, sifatli tarzda amalga oshirilayotgani, ushbu loyihalar hudud aholisi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5