Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Yoshlar kuni! Sport bilan har kuni birgamiz!

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida ilgari surilayotgan tashabbuslar bugun amalda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Xususan, Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda hududiy rahbarlar tomonidan berilayotgan topshiriqlar asosida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Andijon pedagogika texnikumida ham Yoshlar kuni munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etildi. Unda Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova boshchiligida texnikumning ayol ustoz-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Musobaqa doirasida voleybol bahslari o‘tkazilib, jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va sportga xos raqobat ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar nafaqat jismoniy faollikni namoyon etdilar, balki jamoaviylik, birdamlik va sog‘lom turmush tarzining muhimligini yana bir bor his etdilar.

Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ustozlar va o‘quvchilar o‘rtasida yanada mustahkam hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5