Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov, 15-«Qalandarxona» saylov okrugi deputati O.Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Yusupovlar tomonidan Andijon shahar «Bobosadin» MFY hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonida, avvalo, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar, murojaatlar va takliflar atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosan ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzilishlari, hududni obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash bilan bog‘liq ekani aniqlandi.

Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechirilib, ularning bugungi holati tanqidiy tahlil qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputat so‘rovlari yuborilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Har bir murojaat nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi ta’minlanadi.

Mazkur o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan amaliy ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.

Slide 1 of 4