Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari doimiy komissiya nazoratida
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari doimiy komissiya nazoratida

👍Fuqarolar murojaatlari, sayyor qabullar hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni olib kelish va uyiga eltib qo‘yish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Jumladan, ochiq manbalarda, xususan Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1–5 may kunlari Respublika bo‘yicha bolalarni tashish bilan bog‘liq 40 ta qoidabuzarlik holati aniqlangani ham ushbu yo‘nalishda tizimli muammolar mavjudligini ko'rsatib o'tilgan.

✍️Shu munosabat bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga doimiy komissiya murojaati yuborildi.
Unda bolalarni tashishda texnik nosoz transport vositalaridan foydalanilishi, ayrim haydovchilarning mas’uliyatsizligi hamda transport xavfsizligi talablariga to‘liq amal qilinmayotgani ota-onalar o‘rtasida jiddiy xavotir uyg‘otayotgani alohida qayd etildi.

✅Mazkur masala yuzasidan viloyat hududida kuchaytirilgan reyd tadbirlarini tashkil etish, transport vositalarining texnik holatini qat’iy nazoratga olish, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rish hamda profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Bolalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlar e’tiborida.
Slide 1 of 1