Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat Javlon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Deputat Javlon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

👍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga 28-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Sherali Yuldashev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Javlon mahallasida saylovchilarga axborot berdi.

👍Uchrashuvda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilinib, aholi tomonidan ko‘tarilgan yo‘l, elektr ta’minoti, ichimlik suvi kabi dolzarb kommunal masalalar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, murakkab masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

➕Mahallada yashovchi kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ayniqsa, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj xonadonlarning muammolarini bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

⚡️Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ya’ni kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

⚡️Fuqarolarning bandlik va ijtimoiy yordamga oid murojaatlari ham diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6