Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Ayni damda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida belgilangan hududlarda shahrimizda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur uchrashuvlarda, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlar hamda ish izlayotgan ishsiz yoshlarning murojaatlari tinglanmoqda. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, masalalarni joyida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ushbu kun doirasida joylarda yoshlar bilan ishlash tizimi yanada kuchaytirilmoqda.

Bugungi ochiq muloqotlar ham yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6