Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov tomonidan Uzunsoy mahallasida o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan yo‘l infratuzilmasiga oid muammolar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida Uzunsoy mahallasining Laylogan qishlog‘ida Katta soylikka tushish qismidagi avtomobil yo‘li sel suvlari ta’sirida yuvilib ketgani va ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi. Shuningdek, Egarchi qishlog‘ida joylashgan sel suvlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan temir-beton quvur ham ta’mirtalab holatda ekani ma’lum bo‘ldi.

⚠️ Mazkur holatlar hududda harakatlanayotgan transport vositalari uchun noqulayliklar tug‘dirib, yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois fuqarolar murojaatlari asosida muammoni bartaraf etish maqsadida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📨 Deputatlik so‘roviga ko‘ra, Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 75V029M-39 avtomobil yo‘lining Egarchi–Xatak yo‘nalishidagi 14–15-kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

🏗 Hozirda yo‘lning texnik holatini yaxshilash hamda transport qatnovi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

✅ Fuqarolar murojaatlariga yechim topish, hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar deputat nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 9