Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalladan xalq dardiga yechim

Mahalladan xalq dardiga yechim: Urgutda ochiq muloqot va amaliy natijalar

⭐️ Samarqand viloyatida aholining dolzarb muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda hududiy rivojlanishga turtki berish maqsadida deputatlar tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔴Xalq deputatlari Samarqand viloyati deputati Himmat Okbutayev Urgut tumanidagi bir qator mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🏃‍♂️ Jumladan, “G‘o‘s”, “Yetti uylik”, “Quyi guzar”, “Xo‘ja guzar” hamda “Soy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, aholi turmush darajasi, infratuzilma holati, ijtimoiy muammolar va mavjud ehtiyojlar atroflicha tahlil qilindi.

🛡 Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob shaklida tashkil etilib, unda mahalla raislari, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy xizmatlar sifati, bandlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

💬 E’tiborlisi, ko‘tarilgan muammolarning bir qismi uchrashuv jarayonida ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 2