Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
OKRUGLARDA DEPUTAT NAZORATI: "Abdulla Avloniy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova o‘z saylov okrugiga qarashli “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida Kengash raisi mahalla faollari bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning ish tizimini atroflicha tahlil qildi:


Tahlil markazida bo‘lgan muhim yo‘nalishlar:

• Mahalla raisi bilan: Mahalladagi umumiy ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali muvofiqlashtirish masalalari;

• Hokim yordamchisi bilan: Mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligi;

• Xotin-qizlar faoli bilan: Mahalladagi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, "Ayollar daftari" orqali ko‘rsatilayotgan manzilli ko‘maklar hamda oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish choralari;

• Ijtimoiy xodim bilan: Mahalladagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar, keksalar, yolg‘iz kishilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi.

💬"Mahalla faollari — aholining dardu tashvishini birinchi bo‘lib eshitadigan va ularga ko‘mak beradigan eng muhim bo‘g‘indir. Shunday ekan, har bir faol o‘ziga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur his qilishi va xalq roziligi uchun tinimsiz mehnat qilishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Slide 1 of 2