Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Rahimova tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi holati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, profilaktika inspektori, mahalla faollari va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi, aholining, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mavjud muammolar hamda takliflar tinglandi. O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kengaytirish va hamkor tashkilotlar faoliyatini yanada muvofiqlashtirish zarurligi qayd etildi.

Deputat Z. Rahimova tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga amaliy tavsiyalar va takliflar berildi. Mazkur tavsiyalar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. O‘rganish yakunlari yuzasidan tegishli tartibda nazorat ishlari davom ettirilishi belgilandi.


 

Slide 1 of 1