Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi

34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdug‘aniyev Abror hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahridagi 34-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, binoning texnik holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, guruh xonalari, oshxona, yotoqxona, tibbiyot xonasi va muassasa hududining obodonlashtirilish darajasi o‘rganilib, bolalar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda mavjud infratuzilmani takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, muassasadagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va tarbiyalanuvchilar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Mazkur o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, shuningdek, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3