Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
“Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman laboratoriyasida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-165-I sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi va faoliyat samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar tomonidan laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muammolar mavjudligi ma’lum qilindi.

Xususan, laboratoriyada avtoklav, sentrifuga, dozator va probirkalar yetishmasligi, suv hammomi qurilmasiga ehtiyoj mavjudligi, qo‘shimcha sovutgich (xolodilnik), kompyuter va printer zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, laboratoriya binosini ta’mirlash masalasi ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

Doimiy komissiya a’zolari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 4