Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyiga chiqib o‘rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tuman hokimligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida bozorda savdo infratuzilmasini yaxshilash, sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, savdo rastalarini yangilash, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, piyodalar harakati uchun qulayliklar yaratish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, bozordagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narx-navolari ham tahlil qilinib, aholiga sifatli mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berilib, mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilinishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3