Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 23-sessiyasi kun kiritilgan masalalar

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 25-iyun sanasiga rejalashtirilgan navbatdagi 23-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar e’lon qilindi.

Sessiya davomida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologiya, yoshlar siyosati va mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bilan bog‘liq qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori 6-ilovasiga muvofiq “Olmazor tumani tajribasi” misolida namunali loyihalar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish masalasi;
Qo‘qon shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish holati to‘g‘risidagi hisoboti;
2026-yilda jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi;
Shahar hududida amalga oshiriladigan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash;
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilinadi hamda tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1