Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Deputatlik so‘rovi natijasida muammo o‘z yechimini topdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan saylovchilar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Karbasbof ko‘chasining 3 va 14-uylari oldida ko‘cha yoritish tizimining mavjud emasligi hamda bu holat aholi tomonidan e’tiroz va murojaatlarga sabab bo‘layotgani qayd etilgan edi.

Murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra hududdagi mavjud muammo tasdiqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Rasmiy javobda ma’lum qilinishicha, Obodonlashtirish boshqarmasining ko‘cha yoritish bo‘limi tomonidan mazkur hududga yangi ko‘cha chiroqlari o‘rnatilib, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratildi.

Deputatlik nazorati va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirilishi natijasida aholini qiynab kelayotgan muammo ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2