Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi

Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati J.Donayev o‘zi saylangan 19-Zarbdor saylov okrugidagi “Oqjar” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida ichimlik suvi quvurlarining texnik holati, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda uchrayotgan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 3