Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati S.Kuldashov tomonidan "Markaz" mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa faoliyati, tibbiy xizmatlar sifati hamda mavjud infratuzilma holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Jarayonda aniqlanishicha, aholidan tez tibbiy yordam xizmati (103) orqali kelib tushayotgan murojaatlar maxsus planshet qurilmalariga qabul qilinadi. Biroq muassasada barqaror internet tarmog‘i (Wi-Fi) mavjud emasligi sababli ushbu qurilmalardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum qilindi. Bu esa tabiiyki kelib tushayotgan murojaatchilarning manziliga o‘z vaqtida yetborish imkoni bo‘lmayotganli bildirildi.

Shuningdek, muassasada dori vositalarini belgilangan talablar asosida saqlash uchun zarur sharoitlar yetarli emasligi qayd etildi. Xususan, ayrim xonalarda iqlim nazoratini ta’minlovchi sovutish uskunalari (konditsionerlar) mavjud emasligi sababli xonalarda havo harorati yuqori bo‘lib, bu holat tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Mazkur omil dori vositalarini saqlash sharoitlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, masalalarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4