Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar  hamda “Buxoro suv ta’minoti” AJ Jondor tumani filiali mas’ul xodimi bilan hamkorlikda “Navgadi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylardagi suv ta’minoti tizimining amaldagi holati, suv bosimi, tarmoqlarda mavjud muammolar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
➡️Mas’ullar tomonidan ayrim xonadonlarda kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish, suv ta’minoti tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
➡️Tadbir davomida aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda fuqarolarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5