Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari H.Karayeva va I.Xolovlar hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📌O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, yangi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, loyihalar doirasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
📌Mas’ullar tomonidan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.
📌Ta’kidlanganidek, hududlarga investitsiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va aholi uchun munosib ish o‘rinlari yaratish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan doimiy deputatlik nazorati olib boriladi.
📌O‘rganish yakunida investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3