Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
#deputat_faoliyati

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari Q.Safarov va N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida tumanning Navgadi massivida joylashgan “Davlat xizmatlari” markazida bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Tashrif davomida markaz mas’ullari tomonidan aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini tezkor, shaffof hamda qulay tarzda ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, ruxsatnoma va litsenziyalar olish, turli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida joriy etilgan elektron xizmatlar imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
➡️Deputatlar markazda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ularni o‘z vaqtida hal etish holati bilan tanishib, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rgandilar. Ayniqsa, raqamlashtirish jarayonlari natijasida xizmatlarni olish muddatlarining qisqargani va ortiqcha byurokratik to‘siqlarning bartaraf etilayotgani alohida ta’kidlandi.
➡️Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiluvchi bunday amaliy ishlar doimiy nazoratda ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 3