Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Bahoriston” mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida mahallada investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Jumladan, mahalla hududida joylashgan 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishildi. Loyihaning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Mazkur o‘quv blokining barpo etilishi natijasida maktabda o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishi, ta’lim sifati oshishi va qo‘shimcha o‘quv o‘rinlari tashkil etilishi kutilmoqda.
✔️O‘rganish yakunida qurilish ishlarini doimiy nazoratda ushlab turish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda loyihani belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✔️Bu kabi nazorat tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining samaradorligini ta’minlash, aholi uchun munosib infratuzilma yaratish va ijtimoiy obyektlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7